Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati haqida

2023 yilning 28 fevral kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashining majlislar zalida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, jamoa shartnomalarining dolzarbligi va Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuning 14-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabrdagi 263-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ish o’rinlari mehnat sharoitlari va asbob uskunlarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o’tkazish to’g’risida seminar mashg’uloti tashkil etildi.
Mazkur seminar mashg’ulotiga Surxondaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasa ish beruvchilari, kadrlar bo’limi inspektorlari hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi raislari ishtirok etishdi. O’zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo’yicha mehnat huquqi inspektori B.Umarov, texnik inspektor U.Bo’riyev va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi mehnat huquq inspektori Z.Xolovlar tomonidan ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, unga kiritilgan yangi normalar va ularning ahamiyati to’g’risida tushuntirishlar berildi.
Shu o’rinda, xodimlarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi va xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashda kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan mehnat muhofazasiga oid yangi normalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari, O’zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi M.Qodirova tomonidan jamoa shartnomasining dolzarbligi, jamoa shartnomasida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi raislarining vazifalari hamda jamoa shartnomasiga yangi tahrirdagi mehnat kodeksida kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida gapirib o’tdi. Seminar jarayonida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Print Friendly, PDF & Email