Tibbiyot xodimlari kuni munosabati va Kasaba uyushmalari 120-yilligiga bag‘ishlab Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati tizimi xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
🔰Karmana tumanidagi “Makon stadion” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan tadbir ko‘tarinki ruhda va tengsiz kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi.
❇️Viloyat, tuman hamda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlaridan tarkib topgan guruhlar o‘zaro kuch sinashdi. Do‘stona ruhda o‘tgan sport tadbiri Hakamlar hay’ati tomonidan adolat mezonlari asosida boshqarib borildi.
✅O‘yin natijasiga ko‘ra viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi 1-o‘rin, Navoiy shahar bo‘limi 2-o‘rin, Xatirchi tuman bo‘limi 3-o‘rinni ishg‘ol qilishdi. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alarni boshqarma boshlig‘i Z.Azimov, kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi B.Ravshanovlar topshirdi.










