Bugun Samarqand shahridagi Zarhal bazmgohida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali hamda O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashi bilan hamkorlikda shahar va tuman tez tibbiy yordam stansiyalarida ishlovchi xodimlar uchun «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Bilimdonlar baxsida 18 ta stansiya jamoalari ishtirok etdi.
O‘yin yakunida 20 ta savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra, Samarqand shahar 3-son tez tibbiy yordam stansiyasi jamoasi 1-o‘rinni, Ishtixon tuman tez tibbiy yordam stansiyasi zakovatchilari 2-o‘rinni hamda Jomboy tuman tez tibbiy yordam stansiyasi jamoaси xodimlari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi. Bundan tashqari sovrindor jamoaga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengash tomonidan 3 kunlik bepul Xorazm viloyatiga sayohati sertifikati berildi.