Mustaqillikning 34 yilligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari farzandlarining 40 nafariga maktab sumkasi va o‘quv qurollari berildi. Bu esa ularning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda va munosib shart-sharoitlarda boshlashlariga xizmat qiladi.
Tadbirda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari va kasaba uyushma qoʻmitasi raisi tibbiyot xodimlari va bolajonlarni qo‘shaloq bayram bilan tabriklab, yosh avlodni bilim olishlarida zarur moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash, shuningdek, tibbiyot xodimlarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.