Jarayonlar amaliy tarzda tushuntirildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan tuman-shahar Kengashlari raislari hamda yirik boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv jarayonlari ham hisobot-saylov konferensiyalarini yuqori saviyada tashkil etish masalasiga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi “Xonobod” sihatgohida tashkil etilgan o‘quv jarayonlarida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Sh.Karimova hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari A.Otaboyevlar tomonidan ishtirokchilarga hisobot-saylov konferensiyasini o‘tkazish tartibi qadamma-qadam tushuntirib berildi.

Ya’ni, hisobot-saylov konferensiyasini olib borishdan tortib, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va tarkibini saylash, byulleten to‘ldirish tartibi, bunda sanoq komissiyasi va kotibiyatning faoliyatidan tortib, viloyat Konferensiyasiga delegatlarni hamda taftish komissiyasi raisi va tarkibini saylashgacha bo‘lgan jarayonlar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Print Friendly, PDF & Email