Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Malaka oshirish instituti» NTM da Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnat inspektorlari uchun 40 soatlik malaka oshirish kursi boshlandi. Oʻquv dasturini Respublika Kengashining raisi F.R.Xanapiyayev ochib berdi va 1-maʼruzani oʻtmoqda.
Mehnat inspektorlari oʻz bilim malakalarini oshirib tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishda oʻzaro tajriba almashmoqda.