Munosib mehnat — munosib hayot asosidir.

Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi tashabbusi bilan har yili 7-oktabr — “Butunjahon munosib mehnat kuni” sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mazkur kunga bag‘ishlangan turli tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi, Davlat va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi hamda Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi hamkorligida 8-oktabr kuni Samarqand shahridagi 35-umumta’lim maktabining majlislar zalida “Munosib mehnat — munosib hayot asosidir” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda joriy yilda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylovlarda yangidan saylangan kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email