Navoiy: Bolajonlarga o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

Mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi hamda O’zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali hamda Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkilotda mehnat qilib kelayotgan 100 nafar ishchi xodimlarning farzandlariga maktab sumkasi va o‘quv qurollari berilib ishchi xodimlar hamda ularning farzandlarini quvonchiga quvonch ulashildi.

Print Friendly, PDF & Email