O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyati kengashi V – majlisi hamda navbatdagi 15-sonli Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlis yig‘ilishida viloyat kengashi, rayosat a’zolari, Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha inspektorlari, tarmoq boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari ishtirok etishdi.

Kun tartibida:
1. “O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati kengashi faoliyatining 2024 yil yakunlari va 2025 yildagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”.
2. O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati kengashi tizimidagi kasaba uyushmasi tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida.
3. O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy vloyati kengashining II Konferensiyasini chaqirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Print Friendly, PDF & Email