Tadbir doirasida birlashma shifokor va hamshiralaridan iborat jamoalar oʻrtasida shaxmat, shashka hamda stol tennisidan bellashuvlar oʻtkazildi.
Musobaqa natijalariga koʻra gʻoliblar quyidagicha aniqlandi:
- Shaxmat bo‘yicha — oliy toifali shifokor Xudayarov Yusufbek;
- Shashka bo‘yicha — shifokor Sobirov Shaxzod;
- Stol tennisi (ayollar oʻrtasida) — Ahmedova Sevara;
- Stol tennisi (erkaklar oʻrtasida) — Mahmudov Rustam.
Ushbu sport tadbiri tibbiyot xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jamoaviylik va sportga boʻlgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.