O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi Xotin-qizlar kommissiyasi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan 8-mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 6 mart sanasida “Ayoli qadrlangan yurt” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o’tkazildi.
Vatanimiz taraqqiyoti, turmushimiz obodligi, xalqimiz salomatligi va farovonligini yanada yuksaltirishga, hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashda o’z xissasini qo’shayotgan bir gurux ayollar bayram munosabati bilan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar, shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar xodimga “Umid gulshani” sanatoriysida sog’ligini tiklash uchun imtiyozli yo’llanmalar berildi.
Bayram munosabati bilan ayollar o’rtasida sportning shaxmat, shashka turidan musobaka o’tkazildi. Musobaqa g’olibalariga kasaba uyushmalarining diplomi hamda esdalik sovg’alari topshirildi.